Kontent qismiga oʻtish

Avtokefal cherkov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Avtokefal cherkov (yunoncha - “oʻz-oʻzini boshqarish”) - pravoslavlikdagi mustaqil boshqaruvga ega boʻlgan cherkovlar tuzilmasi. Maʼlum bir tashkilot “avtokefal” maqomini olishi uchun miro moyini mustaqil ravishda tayyorlay olish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Bugungi kunda pravoslav olamida 15 ta avtokefal cherkovlar mavjud:

  1. Konstantinopol pravoslav cherkovi.
  2. Aleksandriya pravoslav cherkovi.
  3. Antioxiya pravoslav cherkovi.
  4. Ierusalim pravoslav cherkovi.
  5. Rus pravoslav cherkovi.
  6. Gruzin pravoslav cherkovi.
  7. Serb pravoslav cherkovi.
  8. Rumin pravoslav cherkovi.
  9. Bolgar pravoslav cherkovi.
  10. Kipr pravoslav cherkovi.
  11. Ellada pravoslav cherkovi.
  12. Albans pravoslav cherkovi.
  13. Pоlyak pravoslav cherkovi.
  14. Chexiya va Slovakiya pravoslav cherkovi.
  15. Amerika pravoslav cherkovi[1].
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 14-15.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.